Bu qiziq

Meteoqaramlikdan qanday xalos bo‘lish mumkin

Shunday insonlar borki, ularga ob-havo qanday tomonga o‘zgarmasin tezda ta’sir qiladi. Ob havo o‘zgarishlarida qanday qilib quvvatni saqlab qolish mumkin? Ushbu jarayon salomatlik uchun qanchalik zararli?
Sputnik
Ob-havo o‘zgarishi va bundan insonda kayfiyat yomonlashishining yomon tomoni yo‘q. Bu haqda terapevt shifokor Filipp Kuzmenko Sputnik radiosiga ma’lum qildi.
“Bundan tashvishlanish kerak emas. Chunki bunday jarayonlar salomatlik uchun zararli emas. Kundan kunga insonning o‘zini qanday his qilishi o‘zgarib boradi. Aytaylik, bugun uyg‘onganingizda kayfiyatingiz yaxshi emas edi. Bu kasal degani emas”, - deydi shifokor.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, dori-darmon orqali meteoqaramlikni davolash mumkin emas. Ammo bunday yoqimsiz holatdan himoya qiladigan vosita bor, ya’ni sog‘lom turmush tarzi.
“Yomon ob-havoda salomatlik o‘zgarishi tashxis emas. Bunday jarayonlarni boshdan kechirayotgan insonlarga faqat sog‘lom turmush tarzini tavsiya qilish kerak. Badantarbiya bilan shug‘ullanish, bir vaqtda uxlash va uyg‘onish, to‘g‘ri ovqatlanish – bularning barchasi foydali bo‘ladi. Aynan shu oddiy qoidalar salomatlikka ijobiy ta’sir qilib, kayfiyat va salomatlikning ob-havodan qaramligini bartaraf etishi mumkin”, - deya ta’kidladi shifokor.