TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavka 17 foizgacha ko‘tardi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Markaziy bank boshqaruvining yig‘ilishida asosiy stavkani 3 foiz bandga oshirib, yillik 17 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Oldingi 14 foizli stavka 2020-yil sentabrida belgilangan edi.
MB boshqaruvi yig‘ilishi 10-mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq tashqi iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelgan xatarlar va yuqori darajadagi noaniqliklar sabab 17-mart kuniga qoldirilgan edi.
Bank savdo hamkorlar iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini baholash qo‘shimcha tahlillar o‘tkazish zarurati borligini ta’kidlagan edi.