“Tez yordam”ga eng ko‘p yolg‘on chaqiriqlar qaysi viloyatdan kelib tushmoqda?

O‘tgan 2021-yil davomida "Tez yordam" xizmatiga jami 194 096 ta asossiz chaqiriq kelib tushgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar – Sputnik. So‘nggi ikki oy ichida “Tez yordam” xizmatiga 1000 ga yaqin yolg‘on chaqiriq kelib tushdi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot kotibi.

“2022 yilning yanvar-fevral oylarida Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga kelib tushgan 31 ming 296 ta murojaat asossiz deb baholangan. Afsuski, ularning 922 tasi yolg‘on chaqiriqlardan iborat”, - deyilgan xabarda.

Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p yolg‘on chaqiriqlar quyidagi hududlardan kelib tushgan:
Toshkent viloyati - 258 ta;
Qashqadaryo viloyati - 124 ta;
Farg‘ona viloyati - 119 ta;
Toshkent shahridan - 107 ta;
Navoiy viloyatidan – 102 ta.
Eng kam yolg‘on chaqiriqlar esa - Jizzax viloyati (2 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (11 ta) va Sirdaryo viloyatida (15 ta) qayd etilgan.
Yanvar-fevral oylarida “Tez yordam”ga kelib tushgan natijasiz murojaatlar:
tibbiy yordam rad etilgan - 11 692;
bemor boshqa transportda olib ketilgan - 5 692;
bemor o‘z joyida bo‘lmagan - 2 598,
manzil topilmagan – 1401,
eshik ochilmagan - 339 ta.
Ma’lumot uchun, o‘tgan 2021-yil davomida "Tez yordam" xizmatiga jami 194 096 ta asossiz chaqiriq kelib tushgan edi. Aytish joizki ana shunday asossiz va yolg‘on chaqiriqlar tufayli tibbiyot xodimlari haqiqatda tibbiy yordam kerak bo‘lgan bemorlarga o‘z vaqtida yetib bora olmasliklari mumkin.