Talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bunda ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining murojaatlari inobatga olingan.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. 2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontraktni to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-aprel sanasi etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu muddat quyidagilar:
to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha ushbu muddat 1-martga qadar uzaytirilgan edi.