TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat G‘arb mamlakatlaridan farqli o‘laroq chet el kompaniyalarining mol-mulk huquqini hurmat qilishda davom etishini ma’lum qildi.
“Biz AQSh va uning tobelari tomonidan ko‘rsatilayotgan surbetlarcha bosimga qaramasdan mamlakatimizda ishlashni davom ettirayotgan xorijiy kompaniyalarning pozitsiyasini qadrlaymiz. Bundan buyon ular rivojlanish uchun albatta qo‘shimcha imkoniyatlar olishadi”, - deya va’da berdi Putin Rossiya mintaqalarini qo‘llab-quvvatlash choralariga qaratilgan yig‘ilishda.
Rossiya yetakchisining ta’kidlashicha, endi Rossiyada kim o‘z xodimlari va mijozlari oldidagi majburiyatlarini unutib, o‘z hamkorlarini qo‘rqib sotganlarni bilishadi.
“Shu bilan birga, G‘arb mamlakatlaridan farqli o‘laroq, biz mol-mulk huquqini hurmat qilamiz”, - dedi Putin.
Rossiya 24 fevrl kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, harbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
Buning ortidan ko‘plab xorijiy kompaniyalar Rossiyadan ketishmoqda yoki faoliyatlarini vaqtincha to‘xtatishmoqda.