O‘zbekiston biatlon federatsiyasiga yangi rais saylandi

Mudofaa vazirining o‘rinbosari Qodirjon Tursunov O‘zbekiston biatlon federatsiyasiga rais etib saylandi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Mudofaa vazirining o‘rinbosari Qodirjon Tursunov O‘zbekiston biatlon federatsiyasiga rais etib saylandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qodirjon Tursunov nomzodi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashida bo‘lib o‘tgan Biatlon federatsiyasining navbatdan tashqari II konferensiyasida qo‘llab-quvvatlangan.
"Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Abdusamatov federatsiya raisi o‘rinbosari lavozimiga saylangan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida O‘zbekiston biatlon federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi mamlakat hududida biatlon sport turini rivojlantirish, ommaviylashtirish va u bilan shug‘ullanuvchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.