NATOning Norvegiyadagi mashg‘ulotlari – keskinlik sari yana bir odim

Norvegiya va Norvegiya dengizi suvlarida NATOning piyoda, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari ishtirokidagi “Cold Response 2022” mashg‘ulotlari boshlandi.
Sputnik
NATOning Norvegiyadagi keng ko‘lamli mashg‘ulotlari “hamkorlarning” Rus shimoli mustahkamligini tekshirish, RF QK Ukrainadagi harbiy harakatlardan chalg‘itish, Rossiya sohili dengiz qamali elementlarini o‘rganish niyati borligini anglatadi, ya’ni Uchinchi jahon urushi boshlanishini keltirib chiqarish.
NATOning piyoda, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlarining 27 ta mamlakatdan 30 mingga yaqin harbiylar, 200 dan ziyod samolyot va 50 ta jangovar kemalar ishtirokidagi “Cold Response 2022” mashg‘ulotlari 14-mart kuni Norvegiya va Norvegiya dengizi suvlarida boshlandi va aprelga qadar davom etadi. Avvalroq qirollik hududida “Brilliant Jump 22” mashg‘ulotlari doirasida NATO munosabat bildirish kuchlari (12 ta mamlakatdan bo‘lgan 2500 ga yaqin harbiy xizmatchilar) joylashtirilgandi.
Alyansning ta’kidlashicha, integratsiya mashg‘ulotlari himoyalanish xususiyatiga ega, har qanday yo‘nalishdan bo‘lgan har qanday tahdidga qat’iy munosabat bildirishga” qodirlikni namoyon qiladi. Ammo Norvegiya faqat NATOga a’zo Buyuk Britaniya va Daniya (Shimol dengizi orqali), betaraf Shvetsiya va Rossiya (Rossiya-Norvegiyaning quruqlikdagi chegarasi uzunligi qariyb 200 kilometrni tashkil etadi) bilan qo‘shni. Ko‘rinib turibdiki, NATOning Norvegiyada kuchlarini namoyish qilishi faqat Rossiyaga qaratilgan.
Norvegiya chegarasidan Murmanskkacha minimal masofa – 100 km, Rossiya Shimoliy floti obyektlariga qadar esa undan ham yaqinroq. Qayd etish joizki, “Cold Response 2022” “mudofaa” mashg‘ulotlariga ikkita zarba beruvchi aviatashuvchi guruhlar va AQSh HHKning to‘rtta V-1V Lancer strategik tovushdan tez uchadigan bombardimonchilari jalb qilingan. Bunday raketalar muhim o‘ta yuqori himoyalangan nishonlarni yakson qilishga mo‘ljallangan va F-15E, F-16C/D, F-35C qiruvchilari tomonidan qo‘llanishi mumkin.
Norvegiyaning Anneyya aviabazasida AQSh HHK “Boeing R-8 Poseidon” patrul aviatsiya eskadrilyasi joylashtirilgan – torpeda va kemaga qarshi bombalari bo‘lgan samolyotlar.
Vashington va Moskva o‘rtasigai taranglik kuchaymoqda va amerikaliklar qarama-qarshilikning asosiy marrasi Arktika ekanini yashirishmayapti. Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi maxsus operatsiyasini inobatga olib, “Cold Response 2022”ning Rossiya chegaralari yaqinida o‘ta tipirchilanishi aholida mazmunga ega bo‘ladi, shimoldan turib Rossiyaga beriladigan ehtimoliy (chalg‘ituvchi) zarbaga ishora qilayotgandek. 2020-yildagi “sovuq” mashg‘ulotlar taqqoslaganda, NATO qo‘shinlari va kuchlari soni ikki baravarga ortgan.

Norvejcha ruletka

NATOning birlashgan kuchlari “zamonaviy dushman” bilan kurashni ishlab chiqmoqda. “HMS Prince of Wales” avitashuvchisi (bortida F-35B Lightning ko‘rinmas qiruvchilari bor) “Cold Response” mashg‘ulotlarida jamoa kemasi sifatida foydalanilmoqda.
Amerikaning “USS Harry S. Truman” aviatashuvchisi haddan ziyod bo‘lib ko‘rinadi. Asosiysi esa alyansning 200 ta samolyot, 50 ta jangovar kema va 30 minglik piyoda qo‘shinlari mashg‘ulotlari Rossiya Shimoliy flotining kuchlari va vositalarining doimiy nazorati ostida. Alyans mashg‘ulotlari Rossiya kuchlari va vositalari uchun mutlaqo shaffof.
NATOning qutb ortidagi keng ko‘lamli mashg‘ulotlari sovuq urushdan buyon Rossiyaning “Sirkon”, “Triumf”, “Bastion”larining nishoni ostida bo‘lib o‘tadi va Rossiya HDK va HKKning yangi jangovar texnikasiing samarali sinoviga ko‘maklashadi. Baransevo dengizidan “Sirkon”larning uchirilishi Norvegiya dengizidagi nishonlarni 10 daqiqa ichida yo‘q qilishga qodir, agar harbiy mojaro yuz bergan taqdirda Moskva Norvegiya va Grelandiya dengizlaridagi alyansning HDKning mudofaasini yakson qilish opsiyasini faollashtirishga qaror qiladi. Shimoliy flotning zarba imkoniyatlari har qanday dushmanni yo‘q qilishga imkon beradi.
Misol uchun, “Cold Response 2022” mashqlarini o‘tgan yili gipertovushli “Sirkon”larni o‘n marta muvaffaqiyatli uchirgan 22350 loyihasining “Admiral Gorshkov” fregati kuzatmoqda. Demak, Amerika va Britaniyaning “USS Harry S. Truman” va “HMS Prince of Wales” aviatashuvchilari Rossiya HDF Shimoliy floti bilan nazariyaviy mojaroda oldindan muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan. Boshqa aviatashuvchi kemalar uchun “Gorshkov” bortida uzoq masofaga uchuvchi “Kalibr” va “Oniks” qanotli raketalari bor.
Dunyoda hech kim Norvegiyaning hududi yoki tabiiy boyliklariga da’vogarlik qilmayapti. Farovon qirollik nima maqsadda o‘z hududini Rossiya bilan urush “o‘yiniga” taqdim etayotgani qorong‘u. NATO mashg‘ulotlari Arktikadagi harbiy keskinlikni kuchaytiradi, hisobda xatoga yo‘l qo‘yish, voqealar va keskinlik xatarini oshiradi.
Qutb ortidagi Rossiyaga qarshi qurolli ig‘volar Norvegiyani deyarli yo‘q bo‘lishga mahkum qiladi. Qudratli ittifoqchilar yordam berishmaydi, chunki katta ehtimol bilan Uchinsi jahon urushi boshida yo‘q bo‘lib ketiladi (Rossiyaning yadro salohiyatini aql-idrok bilan baholamoq darkor). “Rus ruletkasi”ga o‘xshab (to‘pponcha o‘qdonidagi bitta patron), norvejcha variant – Cold Response 2022 – kamida beshta patronni nazarda tutadi. Qaltis ishga qo‘l urishning keragi bormi?
Dengizda savdo yo‘llarini qamal qilish – xalqaro hujjatlar bilan aniq belgilangan dushman iqtisodiyotini barbod qilish uchun jangovar xatti-harakatlarni olib borish shakli. Dengiz qamalini e’lon qilib, jang qilayotgan mamlakatlar dushman davlatning dengiz aloqasini kesishga intilishadi. Bir narsani yodda tutish muhimki, dushmanga qarshi yadro qurolini qo‘llash uchun asoslardan biri deb Rossiya o‘ta muhim davlat yoki harbiy obyektlarga ta’sir ko‘rsatish deb hisoblaydi. 2021-yil dekabridagi Rossiyaning teng va bo‘linmas xavfsizlik takliflariga rozi bo‘lish maqsadga muvofiqroq.
AQShning agressiv tashqi siyosati NATO mamlakatlari va insoniyatni Uchinchi jahon urushiga boshlayapti. Xitoy TIV rasmiy vakili Chjao Liszanning Vashitongton tomonidan noprofessional, axloq qoidalariga xilof va ma’suliyatsiz yolg‘on xabar tarqatilayotganini ma’lum qildi va amerikaliklarga “ukrain inqirozi rivojlanishidagi o‘z roli haqida fikr yurgizishni” taklif qildi.
Avvalroq Vashington Pekinni Rossiyaga qarshi umumiy sanksiya, axborot, ehtimol, qaynoq urushga qarshi o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rdi. Tarix davom etmoqda.

Mavzuga oid:

Zelenskiy: Ukraina NATOga qo‘shilmasligini tan olish zarur
Yavorovskiy poligonidagi amerikalik yollanmalarga Rossiyaning qaynoq “salomi”
NATO Rossiyaga qarshi urush e’lon qilyaptimi?