Doneskdan olingan dahshatli kadrlar butun dunyoga tarqaldi. Dunyo OAVlari Donesk Xalq Respublikasi poytaxti markaziga vahshiylarcha berilgan zarba haqida xabar qilish uchun o‘z dasturlarini favquoldda to‘xtatdi. G‘arb Ukrainaning taqiqlangan kassetali raketadan foydalanganini keskin qoraladi. AQShning Ukrainadagi elchixonasi fojea sabablari tergov qilinmaguncha va tinch aholiga qarshi “Tochka-U”dan foydalanishga buyruq berganlar jazolanmaguncha qurollar yetkazib berish to‘xtatilganini e’lon qildi. Ilon Mask, Stiven King va Bernard-Anri Levi zudlik bilan Donesk qurbonlariga yordam berish uchun fond yaratdi...
Taxmin qilganingizdek, yuqorida keltirilganlarning barchasi parallel reallikdan olingan yangiliklar. Aslida esa, G‘arb bu fojeani shunchaki payqamadi, qonli teraktni ko‘rmaslikka oldi, o‘zini hech qachon bunday ishlar bo‘lmagandek tutdi. G‘arb telekanallarining hech biri Kiyev rejimi tomonidan sodir etilgan vahshiylikni yoritish uchun yangiliklar chiqishini to‘xtatmadi. Birorta gazeta o‘zining asosiy sahifasini bunga bag‘ishlamadi, ba’zilari boshqa voqealar qatorida bir-ikki satr keltirib o‘tdi, ko‘pchiligi bir og‘iz so‘z ham yozmadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ko‘plab “agar”lar bilan o‘ralgan noaniq “afsuslanish”idan tashkil topgan chiqishini hisobga olmasa, birorta mamlakat yetakchisi yoki elchixona rasmiysi hech qanday bayonot bermadi.
Albatta, biz G‘arb matbuotining ikki tomonlama standartlariga anchadan beri o‘rganib qolganmiz. Va ayniqsa, so‘nggi yillarda - bir vaqtlar obro‘li gazetalar sahifalarida nashr etilgan Rossiyaga qarshi yolg‘on xabarlarga ham. Amerikalik va yevropalik jurnalistlar “qalamni nayzaga almashtirib, Rossiya va barcha ruslarga qarshi hujumga shoshilgan. Biroq, auditoriyaning sifatli jurnalistikaga bo‘lgan ishonchini saqlab qolish uchun hech bo‘lmaganda obyektivlik bo‘lishi kerakku?
Biroq, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan beri, G‘arb OAVlarida ko‘rayotganlarimiz, voqealarni obyektiv yoritishdan to‘liq va ehtimol, yakuniy chekinishdir. Bu hech narsa bilan qamrab olinmaydigan, har qanday muqobillikni butunlay rad etadigan, yangiliklarning muhim qismini jamoatchilikdan yashiradigan va bir tomonlama soxta, yolg‘on xabarlar oqimiga tushgan targ‘ibotga o‘tishdir.
Hatto Ikkinchi jahon urushi yillarida ham, ma’lum sabablarga ko‘ra, matbuot harbiy relsga o‘tib, frontning u yoki bu tomonida aniq pozitsiyani egallaganida ham, gazetalarda qarshi tomondan kelgan bayonotlar va harbiy xabarlar muhokama qilingan. Sovet va Britaniya matbuoti Gitler yoki Gebbels nutqlaridan parchalar e’lon qilar, nemis gazetalari Cherchill yoki Stalin nutqlarini iqtiboslarga bo‘lib batafsil tahlil qilar edi. Bugungi G‘arb OAVlari esa jurnalistika standartlarini botqoqqa botirib, qarshi tomon fikrini auditoriyadan yashirishga qaror qilgan.
Masalan, G‘arb ommaviy axborot vositalari Donbass shaharlarining Ukraina qurolli tuzilmalari tomonidan o‘qqa tutilishini umuman yoritmay kelayotir. Bu eng yaxshi holat desak bo‘ladi. Yomoni esa, vayron bo‘lgan Donesk yoki Gorlovka suratlarini “Rossiya o‘qqa tutgandan so‘ng shaharning ko‘rinishi” deya e’lon qilishmoqda.
Ba’zi G‘arb jurnalistlarini nega o‘quvchilarini Ukraina harbiylarining vahshiyliklari haqida xabardor qilmayotganliklari uchun tanqid qilganingizda, DXR va LXR xududlarida ularning maxsus muxbirlarining yo‘qligi va go‘yoki shu sababli voqea joyidan suratlar va dalillar ololmayotganini “bahona” qilishga harakat qilishadi. Ammo bu ularning Doneskda bo‘lib o‘tayotgan voqealarni boshqa joyda sodir etilgan deb suratlar e’lon qilishiga xalaqit bermaydi. So‘nggi kunlarda jiddiy janglar ketayotgan Mariupol hududida ham birorta xorijiy muxbir yo‘q. Biroq G‘arb ommaviy axborot vositalari voqelikning haqqoniyligini tekshirishga hatto urinib ko‘rmay har kuni shahardagi vaziyat haqida qandaydir “hisobotlar”lar chop etmoqda.
Aytaylik, uzoq vaqtdan beri natsist “Azov” jangarilari tomonidan bosib olingan Mariupol tug‘ruqxonasi sobiq binosining vayron bo‘lishi haqida hamma joyda takrorlanmoqda. Biroq Ukraina snaradlarining Donbassdagi bolalar bog‘chalari, tug‘ruqxonalar, maktablar va ishlab turgan shifoxonalarga qilgan zarbalari xuddi shu OAVlar tomonidan qaysarlik bilan e’tiborga olinmayapti.
G‘arb jurnalistlari ayrim mavzularni bir ovozdan boykot qilayotgani ham e’tibor qaratish lozim. Bu esa beixtiyor kollektiv G‘arbning axborot siyosatini belgilovchi yagona muvofiqlashtiruvchi markaz borligi haqida o‘ylashga undaydi. Mayli, ba’zilar uchun bu konspirologik nazariyadek tuyulsin. Biroq Ukraina hududida AQShning maxfiy biolaboratoriyalarining shubhali faoliyati haqida aksariyat asosiy OAVlarning jim turishini qanday tushunish mumkin? Rossiyaning Niderlandiyadagi elchisi Aleksandr Shulgin mahalliy televideniyedagi mashhur siyosiy ko‘rsatuvga bergan intervusida bu mavzuni bir necha bor ko‘tarishga uringan, uni esa shunchaki qo‘pol ravishda to‘xtatib efirdan olib tashlashgandi.
Agar bu mavzu BMT Xavfsizlik Kengashi darajasiga ko‘tarilmaganda va unga Xitoy aralashmaganda edi, bu xabar haqida butunlay gung bo‘lishardi. Agar G‘arbda kimdir buni eslatmoqchi bo‘lsa, u darhol “Rossiya agenti” va “sotqin” deb e’lon qilinadi. O‘n yillar davomida bizga G‘arbdagi so‘z erkinligi haqida nima deyishgan edi?
G‘arb OAVlarida gapirish mumkin bo‘lmagan yana bir mavzu - millatchi to‘dalar nazorati ostidagi hududlarda siyosiy qatag‘onlar va boshqacha fikrlaydigan insonlarning sudsiz o‘ldirilishidir. Yevropa liberallarining asosiy jarchisi bo‘lgan The Economist jurnali “Rossiyaning stalinlashuvi” mavzusiga butun bir sonini bag‘ishladi. Unda hikoya qilishinicha, go‘yoki bechora rus muxolifatchilari hozir ham shafqatsiz qatag‘onlarga duch kelmoqda. Qolaversa, ularning o‘zi “GULAGga surgun o‘rniga, endi Istanbul va Yerevanga uchapti”, deb yozgan. Mana sizga “stalincha qatag‘onlar” qanaqa bo‘ladi.
Bu vaqtda esa, Kremennaya (Lugansk Xalq Respublikasi hududi, hali Kiyev rejimi nazorati ostida) muxolifatchi meri, muloqot va tinchlikka chaqirgan Vladimir Strukning qatl qilinishini G‘arbda deyarli hech kim yoritgani yo‘q. Bitta “Rossiya agenti”ni qatl qilishsa qilishibdida, shuni deb g‘arb o‘quvchilarining e’tiborini asosiy mavzulardan chalg‘itish kerakmi endi qabilida. Masalan, Rossiya federal kanali efirida urushga qarshi shiorlar bilan otilib chiqqan bezori qiz “qahramonligi”ni olaylik. G‘arb OAVlarining barchasi shu mavzu bilan tiqilib qoldi. Ammo sakkiz yil davomida urushga qarshi she’rlar yozgan ukrainalik shoir, 70 yoshli Yan Taksurning Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olinishi va talon-taroj qilinishini G‘arb umuman e’tiboriga olgani yo‘q. Xuddi “urush davri qonunlariga ko‘ra” hatto advokatlarga ham uni ko‘rishga ruxsat etilmagani kabi.
Sakkiz yil davomida urushni to‘xtatishga chaqirgan va shuning uchun “Rossiya uchun ishlaganlik”da ayblangan Ukraina muxolifati siyosatshunoslari, ekspertlari, siyosatchilarining yo‘qolib borganiga ham G‘arb e’tibor bermadi. Ularning ba’zilari tavba-tazarru qilgan chiqishlari bilan ko‘rinish berib turadi. Ular charchagan, yuzida qiynoq va azoblar belgilari bilinib turadi. Keyin esa yana izsiz g‘oyib bo‘ladi. Ularga nima bo‘layotganini, tirik yoki yo‘qligini hech kim bilmaydi. Ammo bu haqida na yevropalik huquq himoyachilarining bayonotlari, na Amerika gazetalarida chop etilgan maqolalar bor. Axir bularni yoritish mumkin emas – bu bilan “Rossiya zulmiga” qarshi kurashayotgan Ukrainani qanday qilib “demokratiya” deb ko‘rsatib bo‘ladi?
Rossiya harbiylarining harakatlari tufayli Qrimga oqib kela boshlagan suv haqida ham xuddi shu sababga ko‘ra hech narsa deyilmadi. Yaqinda G‘arb agentliklari bejirim shov-shuvlar bilan yarimorolning suv bilan ta’minlashni “Putinning hal qilib bo‘lmaydigan muammosi” deya jar solishar edi. Mana, Qrim suv omborlari suvga to‘lib-toshdi va shunda ham jurnalistlar negadir shu suvni og‘ziga solib turgandek jim qolishdi. Baribir sabab aniq: u yerdagi jamoatchilikka Rossiya Ukrainadagi hamma narsani “yo‘q qilayotganini” ko‘rsatish kerakku. Va nima uchun minglab odamlarni suvdan mahrum qilgan“insonparvar” Kiyev va “shafqatsiz” Rossiyaning insonlarga hayotiy zarurat bo‘lmish suvni qaytarayotgani haqida so‘zlab berish esa ular uchun juda murakkab masala. Shuning uchun ham bu borada lom-mim demaslikka ahd qilishgan.
Donbass respublikalarini qurollantirish uchun g‘arb uslubidagi tankga qarshi raketa komplekslari (Javelin i NLAW) keltirayotgani haqida ham umuman gapirishmayapti. Kiyev rejimi g‘arbiy homiylari bunday texnika bilan Ukrainani to‘ldirib yuborganku. DXR va LXR rasmiylari muvaffaqiyatlari zafarlari haqida allaqon bir qancha taqdimotlarini o‘tkazdi. Jumladan ular orasida ushbu qurilmalar va boshqa G‘arb qurollari nihoyatda ko‘p. Bundan tashqari, Doneskda o‘z jangchilarining ushbu qurolni o‘zlashtirganliklarini va uni janglarda qo‘llashni boshlaganliklarini e’lon qilishmoqda. Bu uchun NATO instruktorlariga tashakkur albatta, ko‘rsatmalarni tasvirlar bilan batafsil va tushunarliroq tilda tuzganlari uchun.
Ammo bular haqida hech qaysi G‘arb matbuotida hech narsa topa olmaysiz. U yerda esa hamon “Agar “Javelin”lar noto‘g‘ri qo‘llarga tushib qolsa nima bo‘ladi?” degan masalani muhokama qilishmoqda. Ammo fotosuratlar va videolavhalar bilan tasdiqlangan ko‘plab faktlarni G‘arblik tor fikrli o‘quvchilardan ehtiyotkorlik bilan yashirishmoqda. Aks holda, ularga Ukrainaga qurol yuborish va jo‘natish chaqiriqlarini tushuntirish qiyin bo‘ladi (birinchi navbatda, "muqaddas Javelinlar"), shu bilan pirovardida DXR va LPR qo‘shinlarini kuchaytiradi.
Bularning barchasi Ukraina va mustaqil Donbassdagi voqealarni G‘arb OAVlarida yoritishda ajoyib tarzda muvofiqlashtirilgan “oq nuqtalar”ga misollar xolos. Ajablanarlisi hozirda Rossiyaning o‘ziga qarshi boshlangan keng ko‘lamli axborot urushi emas, va allaqachon ular haqida ko‘p aytilgan mashhur ikki tomonlama standartlar ham emas. Ajablanarlisi G‘arb mediasining qanday qilib birdaniga yagona qoidalar va yangi standartlarga moslashganidir (agar jurnalistika standartlarini to‘liq buzishni bunday so‘z bilan atash mumkin bo‘lsa).
Ushbu satrlar muallifi umri davomida global OAVlarni boshqaradigan sahna ortidagi markazlar nazariyasidan uzoq edi. Ammo bir xil gazetalarning birinchi sahifalarini o‘sha kuni paydo bo‘ladigan bir xil fotosuratlarni qanchalik ko‘p ko‘rsangiz, ushbu gazetalar yozishi mumkin bo‘lgan yoki yoza olmaydigan mavzularni qanchalik ko‘p taqqoslasangiz, bu siyosatning G‘arbning turli mamlakatlari uchun umumiydek g‘alati tasodiflaridan ko‘proq hayratga tushasiz.
Va yana shu yerda Oq uyning mashhur blogerlar uchun AQShda yoqilg‘i narxining keskin ko‘tarilishi haqidagi noqulay mavzuni qanday yoritish bo‘yicha brifingning sahna ortidagi tafsilotlari bor (va albatta, hamma narsada Putinni ayblash kerak), va beixtiyor bunday instruktajlarning turli ommaviy axborot vositalari muharrirlari uchun qanchalik ko‘p o‘tkazilayotganidan hayron bo‘lasiz.
G‘arbdagi “mustaqil” OAV va ularning “jurnalistlik meyorlari”ga amal qilishi haqidagi ertaklar qanchalik go‘zal, shirin edi! Ko‘pchilik shu shirin ertaklarga ishonar edi. Umid qilamizki, endi bu ertaklarga hech kim ishonmaydi.