Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy: Ukraina NATOga qo‘shilmasligini tan olish zarur

Zelenskiy: Ukraina NATOga kirmasligini eshitdi va bu haqiqat. Buni tan olish kerak.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev NATOning a’zosi bo‘lolmasligini tan olish zarurligini ma’lum qildi.
“Ukraina NATO a’zosi emasligi tushunarli. Biz buni tushunamiz, aqlimiz joyidagi odamlarmiz. Yillar davomida biz go‘yoki ochiq eshiklar haqida eshitdik, biroq u yerga kirolmasligimizni ham eshitdik. Bu haqiqat va buni tan olish zarur”, - dedi Zelenskiy “Joint Expeditionary Force” mamlakatlari yetakchilari uchrashuvida.
Ukraina rahbari Kiyevga G‘arb bilan hamkorlikning yangi shakllari va alohida xavfsizlik kafolatlari kerakligini ta’kidladi.
“Joint Expeditionary Force” (Birlashgan ekspeditsiya kuchlari) 2014-yilda Birlashgan qirollik qo‘mondonligi ostida tashkil etilgan va doimiy qo‘shinlar sanalmaydi. Unda ishtirok etuvchi mamlakatlar (Buyuk Britaniyadan tashqari, bu Daniya, Islandiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Estoniya mamlakatlari) gohida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib turishadi.