Rossiyada migrantlarning soxta nikohi uchun jinoiy javobgarlik joriy qilinishi mumkin

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat fuqarolari bilan oila qurganlar xorijliklar fuqarolikni soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiyada chet elliklar tomonidan mamlakatda bo‘lishini qonuniylashtirish maqsadida Rossiya fuqarolari bilan yolg‘ondan oila qurishlari uchun jinoiy javobgarlik kiritish masalasi muhokama qilinmoqda.
Rossiya IIV hozir tegishli taklifni ishlab chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, Rossiya fuqarolari bilan soxta nikohdan foydalanish hamda voyaga yetmagan bolalarga yolg‘ondan otalik qilish migratsiya sohasidagi jiddiy tahdidlardan biri sanaladi.
“Nomaqbul” xorijlik: Rossiya IIV qoidalarga o‘zgartirish kiritmoqchi
Qayd etish joizki, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat fuqarolari bilan oila qurganlar fuqarolikni soddalashtirilgan tartibda olishga da’vogarlik qilishlari mumkin.