OAV: Arabiston Xitoy bilan neft savdosini yuanda olib borishga kelishmoqda

OAVlar Saudiya Arabistoni Xitoyga neftni yuanda sotmoqchi ekani haqida yozishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Saudiya Arabistoni Xitoy bilan neft savdosini yuanda olib borish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda “Wall Street Journal” nashri o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda.
“Saudiya Arabistoni Pekin bilan o‘z neftini Xitoyga qisman yuanda sotishga oid faol muzokaralar olib bormoqda”, - deyilgan xabarda.
Maqolada yozildishicha, bu masala bir necha yildan buyon muhokama qilib kelingan, ammo bu yil Ar-Riyod Vashingtonning xavfsizlik sohasidagi majburiyatlaridan norozi bo‘lgani sababli muhokamalar faollashgan.
Oldinroq Hindiston va Rossiya rupiy va rublga o‘tish uchun o‘zaro hisob-kitoblarda dollar va yevrodan voz kechishga tayyorliklarini ma’lum qilishgan edi.