TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Moliya vazirligi so‘nggi ikki yildagi o‘zbekistonliklarning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni chop qildi. Hisobotda keltirilgan raqamlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning maoshi oshmoqda.
1 million so‘mgacha bo‘lgan oylik oladigan o‘zbekistonliklar soni kamaygan. 2020-yilda 1 million so‘mgacha bo‘lgan oylik oladiganlar 40 foiz (1,7 million kishi), 2 milliongacha oladiganlar 27,1 foizni (1,1 million kishi) tashkil etgan. 2021-yilda bunday kishilar soni sezilarli kamaygan – 34,5 foiz va 24,1 foiz mos ravishda.
2 milliondan 4 million so‘mgacha oylik oladiganlar soni 22,3 foizdan (2020 yil) 24,7 foizgacha (2021 yil) ortgan. 5 million va undan ko‘proq ish haqi oladiganlar soni sezilarli oshgan: 2020-yilda bunday soni 6,9 foiz bo‘lgan, 2021-yilga kelib 11 foizni tashkil etgan, ya’ni salkam ikki baravarga ko‘paygan.
2021 yilda 4 685 900 nafar fuqaro o‘z oyligidan soliq to‘lagan. Ulardan 42,6 foizi – budjet, 57,4 foizi esa nobudjet tashkilotlar xodimlaridir.