Rossiya Mudofaa vazirligi Ka-52 vertolotlari maxsus operatsiya davomida Ukraina Qurolli kuchlarining texnikalarini qanday yo‘q qilgani aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda.