Jinoyatchilikka qarshi kurash uchun yangi telegram-bot ishga tushdi

Yangi @stop_kriminal_bot botning maqsadi - Axborot makonida qonunga zid kontentga qarshi kurashish.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar - Sputnik. O‘zbekistonda Ichki ishlar vazirligi hamda AOKA ishtirokida jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida yangi telegaram-bot ishga tushidi, deb xabar qilmoqda AOKA.
Agar siz Internet hamda ijtimoiy tarmoqlarda:
pornografiya;
shafqatsizlik va qonli sahnalar;
terrorizm va ekstremizm;
gender zo‘ravonlik va kamsitishlar;
"feyk" xabarlar va boshqa noqonuniy harakatlarga guvoh bo‘lsangiz,
"Telegram" orqali Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida yaratilgan @stop_kriminal_bot manziliga yuboring, - deyilgan xabarda.
Yangi bot yaratuvchilari fuqarolardan atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmaslikni hamda turli jinoyatlarga qarshi kurashish va ularning oldini olishda hissa qo‘shishga chorlagan.