Buxoroda qulab tushgan qal’a devori uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi

Buxorodagi Talipoch darvozasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’mirlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Turizm va ma’daniy meros vazirligi Buxorodagi XVI asrga oid Talipoch qal’a darvozasi devorini ta’mirlash uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratdi. Bu haqda Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, mazkur obyektni ta’mirlash-tiklash ishlari Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, hozirda mas’ul soha mutasaddilari va mutaxassislar bu obyektning loyiha oldi ishlarini olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda muttasil yog‘ingarchiliklar tufayli Talipoch qal’a darvozasi qal’asi devorining bir qismi o‘pirilib tushgan edi.
O‘tgan yillar davomida qal’a atrofidagi devorning chap qanoti ortidagi madaniy qatlamlarning cho‘kishi, qoplama devorlarida yoriqlar paydo bo‘lishi hamda mart oyida kuzatilgan doimiy yog‘ingarchilik devorning cho‘kishi va qulab tushishiga olib kelgani aniqlangan.