Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Toshkent vaqti bilan soat 11:29 da Tojikistonda yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi Toshkent viloyatida ham sezildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. 14-mart kuni Tojikistonda ro‘y bergan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, qo‘shni mamlakatda zilzila Toshkent vaqti bilan soat 11:29 da kuzatilgan.
Yer silkinishi koordinatalari: 40,39 gradus shimoliy kenglik; 70,17 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,7. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 126 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi: Toshkent viloyatida 2 ball.