Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Dovon yo‘lida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilgan. 14-mart kuni u avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 14-mart kuni soat 17:35 da Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi”, - deyilgan xabarda.

Dovon yo‘lida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilib, harakat qatnashchilarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, Taxtaqoracha dovoni yo‘lning qisman o‘pirilish yuzaga kelgani sabab avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.