Samarqand tumaniga prokuror hokim bo‘ldi

Prezident tumanning sobiq hokimini Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ishdan olgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Sirojiddin Usmonov Samarqand viloyatining Samarqand tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Samarqand tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Usmonov yangi hokim lavozimiga tasdiqlandi.
Sirojiddin Usmonov 1979-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar u Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
2019 yil 30-iyuldan buyon Samarqand tumanini boshqarib kelayotgan Nosir Mavlonov Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil fevralida Samarqandga tashrifi davomida ishdan olingan edi.
Biroz oldin Samarqand viloyatining Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar qilingan edi.