TOShKENT, 14 mar — Sputnik. 2022 yil 16-martdan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar qayta tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent – Nur-Sulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qizilo‘rda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Qozog‘iston orqali Rossiyaga tranzit avtobus tashuvlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat o‘rtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yil 16-mart kuni to‘xtatilgan edi.