Moskvada niqob taqish talabi bekor qilindi

Sergey Sobanin Moskvada 15-martdan niqob taqish talabi bekor qilinishini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvada 15-martdan niqob taqish talabi bekor qilinadi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobanin ma’lum qildi.
“Seshanba, 2022-yil 15-martdan, biz himoya niqoblaridan foydalanish talablarini bekor qilamiz”, - deya yozdi Sobanin o‘zining blogida.
Shuningdek, endi ish joylarida tana haroratini muntazam o‘lchash va ajratib turuvchi to‘siqlarni o‘rnatish shart emas.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror shaharda epidemiologik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani bilan bog‘liq.
Avvalroq Moskvada QR kod tizimi to‘liq bekor qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda fuqarolarga 1-martdan ochiq havoda niqob taqmaslikka ruxsat berilgan. Odamlar gavjum joylarda esa niqob taqish tavsiya etiladi.