Ikki oyda tez yordamga 2 milliondan ziyod chaqiriq kelib tushdi

Eng ko‘p murojaat Farg‘ona, Andijon, Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida qayd etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. 2022-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmatiga jami 2 million 42 ming 481 ta chaqiriq kelib tushgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, koronavirusning “omikron” shtammi keng tarqalgan dastlabki oylarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni yanada oshgan.
Dastlabki ikki oyda kelib tushgan chaqiriqlar soni quyidagicha:
Farg‘ona - 236 393 ta;
Andijon -216 359 ta;
Toshkent shahri - 213 315 ta;
Toshkent viloyati - 206 134 ta;
Jizzax -79 449 ta;
Sirdaryo - 70 522 ta;
Navoiy - 62 639 ta.
O‘tgan ikki oy davomida eng ko‘p kunlik chaqiriq 16-yanvarga to‘g‘ri kelgan. Shu kuni Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga bo‘lgan jami murojaatlar soni 46 ming 613 tani tashkil etgan. 17-fevral kuni esa eng kam 28 ming 960 ta kunlik chaqiriq qayd etilgan.
Taqqoslash uchun, 2021-yilning yanvar va fevral oylarida o‘zbekistonliklardan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 1 million 764 ming 642 ta chaqiriq kelib tushgan edi.
Yilning dastlabki 10 kunida tez yordamga chaqiriqlar soni oshdi
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mazkur tizimning tezkorligi va tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida tez yordamdagi reanimobil mashinalar soni 442 taga yetkazilgan.