TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqorcha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni qismida o‘tuvchi (1138-1141 kilometrida) kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida avtomobil yo‘lida qisman o‘pirilish yuzaga kelgan.
Mutaxassislar hodisa oqibatini bartaraf etish uchun ish olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘lgan edi. Dovondagi yo‘lning ostki qismi o‘pirib tushgan edi.