Rossiyaga qarshi sanksiyalar muammolarni hal etmaydi – Chavusho‘g‘li

Turkiya tashqi ishlar vaziri mamlakat G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilmasligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Turkiya Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya tufayli G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilmaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘li Antaliyadagi Diplomatik forumida ma’lum qildi.
“Biz sanksiyalar muammolarni hal etmaydi deb hisoblaymiz”, - deya javob berdi u Turkiyaning Rossiyaga qarshi sanksiya kiritish bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi savolga.
Kuni kecha Turkiya energetika vaziri Fatih Do‘nmez mamlakat Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmasligi va yaxshi savdo aloqalarini saqlab qolishni istashini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 22-fevralda DXR va LXRni tan olganidan so‘ng AQSh va G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi keskin iqtisodiy cheklovlar joriy eta boshladi. Ukraina hududi maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng esa AQSh va YeI Rossiyaga qarshi maksimal darajada sanksiyalar joriy etdi. Xitoy, Hindiston, Suriya, va yana bir necha davlatlar sanksiyalarda ishtirok etmadi va ularni qoralab chiqdi.
Xitoy AQSh sanksiyalarning asl maqsadini fosh qildi