Rossiya harbiylari Ukrainadagi aerodromlardan birini nazoratga olishdi – video

Ukrainadagi aerodromlardan biri Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostiga o‘tdi.
Sputnik
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi aerodromlardan biri nazoratga olinishi aks etgan lavhalarni ko‘rsatdi. Operatsiyada rossiyalik desantchilar ishtirok etishgan. Tinch aholi va aerodrom mulkiga zarar yetmasligiga alohida e’tibor qaratilgan.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.