Nursulton Nazarboyevning jiyani hibsga olindi

Qayrat Satibaldiuli vakolatlarini suiiste’mol qilish va yirik miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiuli hibsga olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati "Qozoqtelekom" AK bo‘yicha mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va yirik miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirishga doir jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini bormoqda. Qayrat Satibaldiuli ushbu jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.
Bundan tashqari, Satibaldiulining davlat xavfsizligiga putur yetkazuvchi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilyapti. Hozir u vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.