TOShKENT, 13 mar — Sputnik. 2022-yil 6-8 may kunlari Mo‘ynoqdagi kemalar qabristonida “Stixiya” elektron musiqa, san’at va fan festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.
Loyiha 2017-yilda Mo‘ynoq shahrida Orol dengizining ekologik halokatidan xabardorlikni oshirish va mintaqaning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekistonda yashovchi xalqlarni butun dunyoga tanitish maqsadida ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda “Stixiya” butun dunyodan musiqachilar, DJ᾽lar, produserlar, rassomlar va olimlar ishtirokidagi bir nechta loyihalarning aralashmasiga aylangan. Ularning barchasini yer yuzidagi o‘ziga xos maskanda diqqatga sazovor joy yaratish maqsadi birlashtiradi.

Ta’kidlanishicha, bu yilgi festival uchun uchta alohida-alohida sahna yaratiladi: elektron, progressiv va etnik. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Niderlandiya, Ukraina, Fransiya, Shvetsiya va Yaponiyadan 30 ga yaqin mashhur DJ᾽lar ishtirok etishi kutilmoqda.
Festival o‘zida “Stixiya gen loyihalari”, “Forum StixiyaN+11”, “6 milliard daraxt” va turli ijtimoiy tashabbuslarni qamrab oladi.
Festival o‘zida “Stixiya gen loyihalari”, “Forum StixiyaN+11”, “6 milliard daraxt” va turli ijtimoiy tashabbuslarni qamrab oladi.