“Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekistonda "Ibratli oila" ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonda ko‘zda tutilgan.
Bu ko‘krak nishoni farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalarga beriladi.
Uni 15-may — Xalqaro oilalar kunida topshirish tartibi belgilangan.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bir oy muddatda "Ibratli oila" ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.