Yakshanba kuni tunda Iroq Kurdistoni poytaxti, mamlakat shimolidagi Erbil shahrida kuchli portlashlar yangradi - AQSh konsulligi joylaygan hududga raketa zarbasiga uchradi. RIA Novosti.
"Erbil shahridagi Salohiddin tumanidagi AQSh konsulligi va “Kurdiston 24” telekanali yaqinida raketalar kelib tushdi. Portlash natijasida "Kurdiston 24" telekanali binosiga moddiy zarar yetdi", — dedi Iroq xavfsizlik xizmatidagi manba.
Iroq Kurdistoni poytaxti tunda AQSh konsulligi yaqinidagi hududga bir yechta raketa kelib tushdi.
Mamlakat shimolidagi Erbil shahrida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Buning oqibatida “Kurdiston 24” telekanali binosiga zarar yetdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Taxminlarga ko‘ra, shaharga Iroq tashqarisidan hujum qilindi.
Iroq Sog‘liqni saqlash vazirligi hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmaganini ma’lum qildi.
AQShning Erbildagi konsulligi yaqinidagi hududga Eron hududidan raketa zarbasi berildi. Bu haqda Reyter nashri amerikalik amaldorga asosan xabar qildi.