TOShKENT, 12 mar –Sputnik. Ameria Qo‘shma shtatlarining Rossiyaga nisbatan qo‘llarilayotgan sanksiyalar siyosatining asl maqsadi – Yevropaning mustaqilligiga putr yetkazish, Yevropani Amerikaga iqtisodiy bog‘lab qo‘yish, deb hisoblaydi Xitoy iqtisodchilari.
AQSh, Ukrainada o‘tkazilayotgan harbiy operatsiyadan foydalanib, G‘arb davlatlaridan Rossiya bilan energetika sohasida aloqalarni uzishni talab qilishida - “egoistik maqsadlar bor”, - deb yozadi nashr. iqtisodchi ekspertlar xulosasiga tayanib.
Bu bilan AQSh Yevropaning mustaqilligiga putr yetkazgan holda, uni iqtisodiy jihatdan o‘ziga bog‘lab olmoqchi. Xususan, AQSh Rossiyani Yevropa energetika bozoridan siqib chiqarib, uning o‘rnini o‘z neft va gaz kompaniyalariga bermoqchi.
“Buning eng muhim ahamiyati shundaki, iqtisodiy jihatdan AQShga bog‘liq bo‘lib qolgan Yevropa kelajakda Osiyo-Tinch okeani hududidagi mojarolarda – doim AQSh tomonida bo‘ladi”, - deydi Xitoy Tashqi ishlar universiteti professori Li Xaydun.
Yevropa AQShdan qancha ko‘p energiya resurslari sotib olsa, AQShda YeIning mustaqil siyosatiga aralashish imkoniyati shuncha ko‘p bo‘ladi.
Xitoy Xalqaro munosabatlar instituti Yevropani o‘rganish bo‘limi xodimi Dun Ifan xulosasiga ko‘ra, AQSh uzoq vaqtdan buyon Yevropani Rossiyadan “o‘g‘irlab olishni” orzu qilib kelgan.
Shu bilan birga Rossiyaga qarshi sanksiyalar qabul qilishda, AQSh yana “ikkiyoqlama standart”lardan foydalnmoqda. Masalan Amerika Yevropadan Rossiya energiya manbaalarini sotib olishni ta’qiqlashni talab qilsada, o‘zi uran sotib olishda davom etmoqda. Chunki uran uning AESlari uchun juda kerak.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya, Germaniya, Finlandiya, Shvetsiya va yana bir necha Yevropa davlatlari hamkorlikgida qurilgan “Shimoliy oqim-2”gaz quvuri 2021-yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak edi. Lekin yangi gaz quvuri ayni tayyor bo‘lgan vaqtda AQSh, o‘z qo‘li ostida bo‘lgan duyoning barcha OAVlari orqali Rossiya “Ukrainaga bostirib kiradi” degan vahimani tarqata boshladi va bir vaqtning O‘zida Ukrainaga katta miqdorda qurol-aslaha yetkazib borishni boshladi.
LXR va DXRdan tinch hayot o‘rnatishning yagona umidi bo‘lgan Minsk shartnomalari Kiyev tomonidan toptab tashlandi. Rossiyaning ushbu respublikalar hududida 8-yildan buyon davom etayotgan o‘qqa tutishlar, Ukrainada millachilikning rivojlanishi haqidagi da’volari xalqaro hamjamiyat tomonidan javobsiz qoldi.
Vaziyat tobora keskinlashganidan so‘ng, 21-fevral kuni DXR va LXR rahbarlari Rossiyadan ularning suverenitetini tan olishni so‘radi. Vladimir Putin maslahatlashuvdan so‘ng ushbu Donesk respublikalarini tan oldi. 24-fevral kuni Rossiya Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshladi. Uning maqsadi Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozalash.