TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli 12-mart kuni coat 09:00 dan boshlab “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopiladi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
"Gidrometrologiya markazining 2022-yil 12-martdagi 133-sonli bulleteniga asosan qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Shu sababli bugun, 12-mart kuni soat 12:00 dan A-373 "Toshkent-Osh" avtomobil yo‘lining 228-253 km.lar oralig‘ida qor ko‘chkisi xavfi borligi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi", - deyilgan xabarda.
“Qamchiq" dovonini qayta ochilishi bo‘yicha FVV matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan bir necha kun davomida "Qamchiq" dovoni hududida tez-tez qor yog‘ishi holati kuzatilgan edi. 11-mart kuni va tunda qor juda kuchaydi. "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK texnikasi tinimsiz qorni tozalab yo‘llarning ochiqligini ta’minlab turdi.