Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi - video

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, yo‘lning ostki qismi ko‘chishiga so‘nggi bir necha kun davomida dovonda to‘xtovsiz yomg‘ir va qor yog‘ishi sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Mobil muxbir telegram kanali.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, avtomobil yo‘lining ikki tunnel orasida o‘tgan qismining osti ko‘chgan. Ayni damda yo‘l xizmati hodimlari ushbu xavfli holatni bartaraf qilishga harakat qilishmoqda. Dovon orqali qatnov to‘xtatilgan.
Pereval Kamchik, opolzen na 229km avtodorogi A-373, 12.03.22
Dasttlabki xulosalarga ko‘ra, yo‘lning ostki qismi ko‘chishiga so‘nggi bir necha kun davomida dovonda to‘xtovsiz yomg‘ir va qor yog‘ishi sabab bo‘lgan.
Uzb_meteo kanali ma’lumotiga ko‘ra, ''Qamchiq'' dovonida bir sutka davomida 75 mm yog‘in yoqqan. Bu yog‘in miqdori Qoraqalpog‘istonning ko‘plab stansiyalarida bir yil davomida kuzatiladi.
Pereval Kamchik, opolzen na 229km avtodorogi A-373, 12.03.22