Rossiya 8ta davlatga aviaqatnovlar cheklovini bekor qildi

Rossiya Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojkiston, Turkmaniston, Eron va O‘zbekistonga kiritilgan aviaqatnovlar cheklovlarini bekor qildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Rossiya sakkizta davlatga nisbatan kiritilgan aviaqatnovlar cheklovlarini bekor qiladi, deb xabar qilmoqda Rosaviatsiya.
"Rossiya Hukmati qarori asosida 2022-yilning 9-mart kuni Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojkiston, Turkmaniston, Eron va O‘zbekistonga COVID-19 tarqalishini oldini olish maqsadida kiritilgan aviaqatnovlar cheklovlari bekor qilindi", - deyilga xabarda.
Parvozlar amal qilayotgan o‘zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Aviakompaniyalar doimiy va charter parvozlar amalga oshirganda Rossiya bosh sanitar shifokorining 2020-yil 18-mart kuni imzolangan 7 raqamli qaroriga amal qilishlari kerak, deyilgan Rosaviatsiya xabarida.