TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika agentligi direktori Sardor Kariyev va "O‘zbekiston temir yo‘llari" raisi v.b. Xusnutdin Xasilovlarga "hayfsan" berdi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning yozishicha, Shavkat Mirziyoyev rahbarlarni msahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan 37 trln. so‘mlik loyihalarni yetarlich abajarmaganini tanqid qilgan.
Xususan, Farmatsevtika agentligi rejani 51 %ga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” esa 10 %ga bajargan. Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha ishlar boshlanmagan. “Issiqlik elektr stansiyalari” esa rejani atigi 26 %ga bajarilgan.
Shundan kelib chiqib, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariyevga “hayfsan” e’lon qilindi. Uning ikkala o‘rinbosarini ishdan olishga ko‘rsatma berildi.
Bosh vazirga mazkur Agentlik faoliyatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirildi.
Shuningdek, "Issiqlik elektr stansiyalari" raisi F.Abduraxmonov, "O‘zmetkombinat" direktori R.Pirmatov, "O‘zbekneftgaz" raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Alirizayevga qat’iy ogohlantirish berildi.
Yanvar-fevral oylarida “Elektron kooperatsiya” portali orqali 860 mlrd. so‘mlik 5 mingta shartnoma tuzilgan bo‘lsada, ijrosi ayrim hududlarda bajarilmagani, elektron savdolarda Qoraqalpog‘iston, Namangan, Surxondaryova Xorazmdagi korxonalar ulushi 1 %ni ham tashkil qilmasligi tanqid qilindi.
Uning ikki o‘rindosari Dilshod Akbarov va Alisher Temirov esa ishdan bo‘shatilishi aytildi. Bundan tashqari, "O‘zbekiston temir yo‘llari" raisi v.b. Xusnutdin Xasilov ham "hayfsan" oldi.