TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Ukrainadan Moldovaga o‘tgan O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekistonga olib kelindi deb xabar qilmoqda TIV.
Moldovadan 10-mart kuni 98 nafar O‘zbekiston fuqarolari Buxarest (Ruminiya) orqali orqali evakuatsiya qilish ishlari yakunlandi. Elardan 17 nafari ayollar, 5 nafari voyaga yetmagan shaxslar va 4 nafari chaqaloqlardir.
Ma’lumot uchun, ayni damda Polsha hududida 220 nafarga yaqin hamda Ukraina—Polsha chegarasida esa 50 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari qolmoqda. Ularni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida 11-mart kuni bitta evakuatsiya reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 holatiga Ukrainadan Polsha orqali 5282 fuqarolar O‘zbekistonga qaytarilgan edi.