TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Ukrainadagi vaziyat tufayli Meta Platforms ayrim davlatlar hududida Facebook va Instagram foydalanuvchilariga rossiyaliklar va rossiya harbiylariga qarshi agressiv chaqiriqlar joylashtirishga ruxsat berdi.
Ushbu hujjat korporatsiyaning ichqi hujjatlari sahifasida joylashtirilgan va ijtimoiy tarmoqning tegishli davlatlardagi moderatorlariga jo‘natilgan, deb xabar qilmoqda Reuters.
Ijtimoiy tarmoq, shuningdek "Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘limiga chaqiruvchi" postlar qoldirishga ham ruxsat beradi.
Bunday postlar ruxsat berilgan "ayrim davlatlar" esa - Latviya, Litva, Estoniya, Polsha, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Rossiya va Ukraina hududi bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqning bunday harakatini ko‘pchillik negativ kutib oldi.
Xususan, Washington Post yozishiga ko‘ra, Meta o‘zining etnik va diniy asosda nafrat o‘yg‘otmaslik haqidagi asosiy prinsiplaridan biriga zid qaror qabul qilgan.
Facebook o‘z siyosatini birinchi marotaba o‘zgartirayotgani yo‘q. Bir yil oldin u Eron rahbari "Al-Xomayniyni o‘limga chaqirkuvchi" postlar qoldirishga ruxsat bergan edi.
O‘tgan haftada esa ijtimoiy tarmoq Ukrainadagi neonatsist kuchlarni maqtashga ruxsat bergan edi.