TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Amerika Qo‘shma shtatlari Ukraina biolaboratoriyalarida alohida etnik guruhlarga ta’sir qiluvchi biologik qurol ishlab chiqarishni o‘rgangan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Kimoviy va biologik himoya kuchlari (RXBZ) qo‘mondoni, general Igor Kirillovga asosan.
“Biz qo‘lga kiritgan hujjatlarga ko‘ra, minglab Ukraina fuqarolarining biologik materiallari xorijiy davlatlarga jo‘natilgan. Bu, katta ehtimollk bilan, AQSh tomonidan alohida etnik guruh vakillariga zarar keltiradigan biologik qurol ishlab chiqarishga urinishidan darak beradi”, - dedi Kirillov.
Xususan, Ukraina SSV ma’lumotiga ko‘ra, Avstraliyaning Dogerti instituti laboratoriyasiga Ukraina fuqarolarining qon zardobi namunalari solingan 350ta kriokonteyner berilgan. Go‘yoki antitanachalar qidirish maqsadida.
Germaniya tomonidan moliyalashtirilgan yana bir sirli raqam 68727 EN ostidagi loyiha doirasida Bernand Noxt nomli Tropik tibbiyot institutiga Ukrainaning turli viloyatlarida yashaydigan mingdan ortiq fuqarolarning qon zardobi namunalari yetkazib berilgan. Ularning barchasi slavan etnosiga mansub bo‘lgan.
Kasallik tashuvichlar
Etnik biologik qurol yaratishdan tashqari AQSh mutaxassislari Ukrainada xavfli viruslarni tashuvchi qushlar va hashoratlar ham o‘rganilgan.
“Pentagon xavfli kasalliklarni tashuvchisi bo‘lgan hashoratlar bilan ham qiziqqan. Xususan Xarkovdagi laboratoriyadan xorijiy davlatlarga ko‘rshapalaklarda uchraydigan parazitlar solingan 140ta konteyneralar jo‘natilgani haqida dalillar bor”, - deydi Kirillov.
Ko‘rshapalaklar yana bir sirli loyiha P-781 doirasida xavfli biologik qurol tashuvchilari sifatida o‘rganilgan.
Xususan ko‘rshapalakdan odamga o‘ta xavfli viruslar – vabo, leptospiroz, brutsellez, koronaviruslar va filoviruslar yuqish holatlari o‘rganilgan", — deyilgan RXBZ hisobotida.
Ushbu loyihada Pentagon qo‘l ostidagi Gruziya biolaboratoriya, Virjiniya Politexnika instituti, AQSh Geologiya xizxmati ishtirok etgan.
Ukrainada kasalliklarni qushlar bilan tarqatishni o‘rganish loyihsi ham amalga oshirilgan. Sirli nomi UP-4 bo‘lgan ushbu loyihada Kiyeva, Xarkov va Odessada joylashgan biolaboratoriyalar ishtirok etgan.
2020 yilda yakunlangan loyihaning maqsadi qushlar migratsiyasi orqali o‘ta xavfli viruslarni tarqatish, xususan H5N1 grippi va Nyukasl kasalligini tarqatish bo‘lgan. Aytish joizki H5N1 grippi – 50% holatlarda o‘limga olib keladi. Loyiha Ukraina Qishloq xo‘jaligi akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
“Bu AQSh tomonidan amalga oshirilgan eng xavfli va axmoqona loyihalardan biri bo‘lishi mumkin. Chunki uning oqtibatida epidemiologik vaziyatni nazorat qilib bo‘lmaydi. Buni biz koronavirus pandemiyasi vaqtida ko‘rdik. Umuman COVID-19ning paydo bo‘lishi va tarqalishida hali aniqlanmagan juda ko‘p savollar bor”, dedi RXBZ qo‘mondoni.
Topilgan hujjatlar orasida xususan Ukrainada xalq taqilib Rossiya tomon uchirilgan qushlar haqida dalillar ham bor. Masalan Xersondagi "Askaniya-Nova" biosfera qo‘riqxonasida 2019-yilning 15-may kuni yovvoyi o‘rdakka halqa taqilgan. U 2021-yilning 16-aprelida Rossiyaning Ivanovo viloyatida topilgan va otib tashlangan. Ushbu qo‘riqxonada 2020-yilning 7-fevralida halqa taqilgan o‘rdak esa 2021-yilning 2-aprelida Voronej viloyatida otib tasholangan.
Sariq chaqa evaziga
Qo‘lga kiritilgan hujjatlarda ushbu loyihalarda ishtirok etgan ukrainaliklarga qancha maosh berilgani haqidagi ma’lumotlar ham bor. Maoshlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan to‘langani aniqlangan. Amerika o‘lchovlari bilan qaraganda ukrainliklar arzimagan pul evaziga ishlagan.
Oxir oqibat AQSh Ukraina biolaboratoriyalarida saqlangan namunalar va jamlangan ma’lumotlarni olib chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
“Amerikaliklar Kiyev, Xarkov va Odessada joylashgan laboratoriyalardan hujjatlarning katta qismini evakuatsiya qilishga ulgurishdi. Ular Lvov va Polsha hududiga olib chiqilgan”, - deydi Kirillov.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Viktoriya Nuland Ukraina hududidagi biologik izlanish obyektlari Rossiya kuchlari qo‘liga tushmasligini ta’minlash ustida ish olib borayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
“O‘z chiqishida Nuland, xalqaro huquq normalariga zid ravishda, Pentagon tomonidan Ukrainada harbiy-biologik dastur amalga oshirilganini tan oldi”, - deydi general.
Birinchi dalil emas
Ma’lumot uchun, AQSh darhaqiqat etnik yo‘naltirilgan biologik qurol yaratishga birinchi bor urinayotgani yo‘q. 2017-yilning 18-iyulida AQSh Havo-harbiy kuchlari rossiyalik kishilarning Ribonuklein kislotasi (RNK) va inson suyagi bo‘g‘imining sinovial kislota ishlab chiqaruvchi qatlami namunalari jamlayotganini xabar qilgan edi. Federal Business Opportunity xabarida, ushbu biologik materiallar faqat Rossiyada yashayotgan yevropeoid irqiga mansub shaxslarga tegishli bo‘lishi kerakligini ta’kidlangan.
O‘shanda ushbu xabar Rossiya rahbariyatini jiddiy tashvishga solgan va prezident Vladimir Putin “Pentagonga bizning to‘qimalarimiz nima uchun kerak bo‘lib qoldi ekan” AQSh tomonidan etnik yo‘naltirilgan biologik qurol yaratilayotgani borasida o‘z xavotirini bildirgan edi.
Aytish joizki RNK — Inson tanasidagi eng asosiy uchta makromolekulalardan biri. Qolgan ikkitasi DNK va oqsil molekulalaridir. Turli millat, turli irq vakillarida ular turli turli ko‘rinishda bo‘ladi. Agar aynan bir xil turdagi DNK, RNK yoki oqsil molekulasiga zarar yetkizuvchi virus yaratilsa, uning yordamida faqat ma’lum bir millat yoki irq vakillariga ta’sir qiluvchi virus yoki bakteriya ko‘rinishidagi biologik qurol ishlab chiqarish mumkin.
Bugungi kunda MDHning bir necha davlatlarida AQSh tomonidan boshqariladigan maxfiy biologik laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda. Maqsadi noma’lum yoki yashirib bo‘lgan biolaboratoriyalar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon hududlarida faoliyat yuritmoqda.