O‘zbekiston va Rossiya sayyohlar oqimini qanday ko‘paytirmoqchi

Ikki mamlakat o‘rtasida sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutuvchi tadbirlar rejasi imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasidagi hamkorlikni yanada faollashtirishga kelishib oldi. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov va Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko ikki mamlakat o‘rtasida sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutuvchi tadbirlar rejasini imzolashdi.

“Turistik aloqalarni mustahkamlashga oid qo‘shma ish yangi yo‘nalishlarni ochishga va davlatlarimiz fuqarolari uchun hamonbop va bilim olish hordig‘i uchun sharoitlarni ta’minlashga imkon beradi”, - dedi Chernishenko.

Bundan tashqari, hukumatlararo komissiya doirasida turizm sohasida hamkorlikka doir alohida Rossiya-O‘zbekiston kichik komissiyasi tuziladi.
Mutaxassilar turizmni rivojlantirishning qo‘shma rejasini ishlab chiqishgan. U 20 tacha tadbirni o‘z ichiga oladi, jumladan:
Rossiya va O‘zbekiston turizm yilini o‘tkazish:
“Buyuk Ipak yo‘lining” tranchegaraviy turistik yo‘nalishini ishga tushirish;
Turizmning gastronomik, vino, ekstremal, qishki va boshqa turlarining maxsus turpaketlarini ishlab chiqish;
Rossiya va O‘zbekiston talabalari uchun tanishuv turlarini tashkil etish.
Rossiyalik sayyohlarning oqimi O‘zbekistonga ko‘payadi – ekspertlar