TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Polkovnik Abduvosit Abdurazoqov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari, IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari-IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.
Polkovnik Ismatjon Ibragimov Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Ibragimov Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.
Podpolkovnik Anvar Rahmatov Samarqand tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov qismi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Abror Valiyev Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan.
Podpolkovnik Bahodir Rahmatov Samarqand viloyati, Narpay tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Rahmatov Samarqand viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.