Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Dunyo bu mojarodan ruhan sog‘lom bo‘lib chiqadi - Sergey Lavrov

Sergey Lavrovning Turkiyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan asosiy fikrlar.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaning Antaliya shahrida Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazdi.
Qo‘yida ushbu anjumandan Rossiya tashqi ishlar vazirining asosiy fikrlarni keltiramiz.

Biz ushbu mojarodan ruhan sog‘lom bo‘lib chiqamiz

Biz ushbu mojarodan ruhan sog‘lom bo‘lib chiqamiz. Bundan buyon G‘arbning hamkorligiga, uning “demokratik” qadriyatlari hamda yuridik prinsiplariga mutlaq ishonch yo‘qoladi. Xususiy mulk huquqini toptash, shunchaki olib qo‘yilgani qayerda bo‘lgan? Yoki aybsizlik prezumpsiyasini unutib hech qanday dalilsiz birovni misli ko‘rilmagan gunohlarda ayblash qayerda bo‘lgan?

Biologik qurol haqida

AQSh Ukrainada etnik yo‘naltirilgan biologik qurol yaratishga harakat qilgan. Bu aniq. Biz bu borada AQShga so‘rov yubordik va uning javobini talab qilamiz.

Amerika suveren davlatlarga hurmatsizlik qilmoqda

Amerika Hindiston, Xitoy, Misr va qator Janubiy Osiyo davlatlariga o‘z elchilari orqali bosim o‘tkazib, ularning Rossiyaga qarshi qabul qilgan sanksiyalarini bajarishni talab qilmoqda. Biz suveren davlatlarning ichki ishiga aralashishini o‘zimizga ep bilmaymiz, lekin AQSh uchun buyuk sivilizatsiyaga ega bo‘lgan suveren davlatlardan buni talab qilish – odatiy hol.

“Ukraina” loyihasining asosiy maqsadi - Rossiyaga qarshi turish

Biz 8-yil davomida Ukrainada ruslarning huquqlarini saqlashni, rus tili va rus pravoslav cherkovini ta’qiqlashni bas qilishni so‘rab keldik. Lekin bizning so‘zlarimiz mutlaq eshitlilmadi.
Biz bir necha oy davomida Rossiyaga tinchlik kafolati to‘g‘risida mantiqan tushunarli bo‘lgan shartnoma taklif qildik. Lekin bu ham chetda qoldi.
Hozir G‘arb Rossiyani butun jahon siyosatidan chiqarib tashlamoqchi. Buning uchun u jon jahdi bilan so‘nggi kuch-quvvati bilan harakat qilmoqda.

Sanksiyalar haqida

Biz ushbu muammoni shunday hal qilamizki, kelajakda hech kim, hech qanday davlat yoki uyushma, siyosiy sabablarga ko‘ra bizga sanksiya e’lon qila olmaydi. Biz kelajakda bunday vaziyat takrorlanmaslik yo‘lini topamiz. Aslida bu ishni allaqachon qilish kerak edi.

Uchinchi jahon urushi haqida

Rossiya yadroviy urush haqida hech qachon gapirmagan. E’tibor bergan bo‘lsangiz "yadroviy urush" yoki "Uchinchi jahon urushi" iboralarini asosan bizning g‘arblik hamkasabalarimiz tomonidan qo‘llanilmoqda. Xususan Britaniya TIV rahbari Liza Trass, NATO yetakchisi Yens Stoltenberg, Amerika rahbarlari va hatto Fransiyalik ayrim amaldorlar tomonidan ham. Har safar yadroviy qurolni qo‘llash yoki Uchinchi jahon urushini boshlash haqidagi gaplar ularning og‘zidan chiqmoqda. Ruhshunos Freyd aytganidek, miya qobig‘i ostidagi fikrlar so‘zga aylanadi va bir kun kelib amalga oshishi ham mumkin. Bu bizni ham xavotirga soladi, albatta.