AQShning Ukrainadagi biolaboratoriyalarida ko‘rshapalak koronavirusi bilan tajriba o‘tkazilgan

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili: AQSh Ukrainadagi biolaboratoriyalarda koronavirus bilan tadqiqotlar o‘tkazgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. AQSh tashkil qilgan va moliyalashtirgan Ukrainadagi biolaboratoriyalarda ko‘rshapalaklar koronavirusi bilan tajribalar olib borilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi.

“Ukrainada tashkil qilingan va moliyalashtirilayotgan biolaboratoriyalarda, hujjatlarning ko‘rsatishicha, ko‘rshapalaklar koronavirusi namunalari bilan tadqiqotlar o‘tkazilgan”, - dedi Konashenkov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

AQSh Davlat deparatmenti Ukrainada biolaboratoriyalari yo‘qligi ma’lum qildi, ammo bunga qadar Amerika davlat kotibining o‘rinbosari Viktoriya Nuland Ukrainada biologik tadqiqotlar obyekti mavjudligini tan olgan edi.
Nulandning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni ukrainlar bilan bu tadqiqot materiallarining Rossiya kuchlari qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ish olib bormoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada AQShga ishlagan 30 ta biolaboratoriya tarmog‘ini aniqlangan. Yaqin kunlarda vazirlik Ukrainadagi Amerika biolaboratoriyalari faoliyati to‘g‘risidagi yangi hujjatlar to‘plamini oshkor qilish niyatida.

Mavzuga oid:

Ekspert AQShning Ukrainadagi biolaboratoriyalari tahdidini baholadi
Ostonadagi xavf. AQSh Ukrainada o‘nlab biolaboratoriyalar yaratdi