TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Antaliyada Rossiya va Ukraina TIV rahbarlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning muzokaralari boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ikki mamlakat vazirlarining muzokaralari Antaliyada diplomatik forum doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Ularda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘li ham ishtirok etmoqda.
Lavrov va Kuleba Belarusdagi Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Belarusdagi muzokaralarining uchinchi raundidan so‘ng uchrashishdi.
Rossiya 24 fevrl kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.