Bu haqda Rosgvardiya vakili ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 240 ga yaqin odam, jumladan, 50 nafar ayol qurollarini topshirgan va jangovar harakatlarda ishtirok etmaslik bo‘yicha hujjatlarni imzolaganlaridan so‘ng, stansiya hududidan olib chiqilgan va uylariga jo‘natib yuborilgan.
Rosgvardiya vakilining ta’kidlashicha, AES hududida 500 dona qurol hamda o‘q-dori aniqlangan.
“Bu o‘q-dorilarni stansiyaning energiya bloklarida aniqladik. Ya’ni mudofaa jangini olib borishga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rishgan”, - deya xulosa qildi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk respublikalari so‘roviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish to‘g‘risida farmonni imzolagan edi. 24-fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozalash bo‘yicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va o‘q-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yo‘q. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.