Sportni rivojlantirish vaziriga maslahatchi tayinlandi

Hukumat qarori bilan Avazjon Karimov sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Avazjon Karimov sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.
Avazjon Karimov
Qayd etilishicha, mazkur qaror bilan sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi maqomi mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirning o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
Turizm va sport vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi
Avvalroq Avazjon Karimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ikkiga bo‘lingan turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimlaridan ozod etilgan.