OAV: Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilari Bayden bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortishdi

AQSh prezidenti ular bilan narxni pasaytirish uchun neft qazib olishni ko‘paytirish imkoniyatini muhokama qilmoqchi bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Oq uy AQSh prezidenti Jo Baydenning Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon va BAA shayxi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan alohida telefon muloqotlarini tashkillashtirishga uringan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Bayden ular bilan Ukraina atrofidagi vaziyat va uglevodorodga bo‘lgan dunyo narxlarini pasaytirish uchun neft qazib olishni ko‘paytirish imkoniyatini muhokama qilmoqchi bo‘lgan.
“Telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lib o‘tishi kutilayotgan edi, ammo bo‘lib o‘tmadi”, - deyilgan xabarda.
Gazetaning yozishicha, bu ikki davlat yetakchilari Jo Bayden bilan suhbatlashishdan bosh tortishganidan keyin o‘tgan hafta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashishgan.
Ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni va BAA OPEK va Rossiya boshchiligidagi neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti kelishilganidan ortiq neft qazib olishdan bosh tortmoqda.
Yevropaning Rossiya neftidan voz kechishi nimalarga olib keladi?
Kuni kecha Bayden Rossiyadan gaz va neft import qilishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Bu ularning narxi oshishiga olib keldi. AQSh yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi narx rekord darajaga ko‘tarildi.