Rossiyalik sayyohlarning oqimi O‘zbekistonga ko‘payadi – ekspertlar

Sayyohlarga "barchasi ichida" tizimiga ega va "Mir" to‘lov kartalari qabul qilinadigan mamlakatlarga borish tavsiya etildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Rossiyalik turoperatorlari "barchasi ichida" tizimi bor va "Mir" to‘lov kartalari qabul qilinadigan mamlakatlarga talab ko‘payishini bashorat qilishmoqda.
ATOR xabariga ko‘ra, "barchasi ichida" tizimiga ega mamlakatlarga Turkiya, Tunis, Misr hamda Maldiv va BAAdagi qator mehmonxonalar ana shunday shaklda ishlaydi. Parvozlar tiklanganidan so‘ng ular qatoriga Kuba, Dominikan, Meksika qo‘shilishi mumkin.
Sayyohlar uchun "Mir" kartalarini qabul qiladigan eng ko‘p terminal va bankomatlarga ega mamlakatlar sifatida O‘zbekiston, Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston Abxaziya va Janubiy Osetiya tavsiya qilingan.
“Faqat ikkita haqiqiy ommabop yo‘nalish bor – Belarus va Abxaziya. Lekin shunday sharoitlarda O‘zbekistonga ham sayyohlar oqib kelishi mumkin”, - deyishmoqda ekspertlar.
Shuningdek, Qozog‘iston, Tojikistonda ham "Mir" kartalari qisman qabul qilinishi ma’lum qilingan.