Nuland Ukrainada biologik tadqiqotlar obyektlari borligini tan oldi

AQSh davlat kotibi o‘rinbosari: Ukrainada biologik tadqiqotlar obyektlari bor, AQSh ular egallab olinishidan xavotirda.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Ukrainada biologik tadqiqotlar obyektlari mavjudligini ma’lum qildi. Kiyev va Vashington hozir u yerda to‘plangan materiallar Rossiya harbiylari qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik ustida ish olib bormoqda.
Senatdagi eshituvlar vaqtida Nulanddan Ukrainada kimoviy yoki biologik qurol bor yoki yo‘qligi haqida so‘rashdi.

“Ukrainada biologik tadqiqotlar obyektlari bor. Hozir biz darhaqiqat Rossiya harbiylari ularni nazoratga olishga urinishlari mumkinligidan g‘oyat xavotirdamiz. Shu bois ukrainlar bilan har qanday bu tadqiqot materiallarining Rossiya kuchlari qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ish olib bormoqdamiz”, - deya javob berdi AQSh davlat kotibi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada amalga oshirilayotgan harbiy biologik dasturi faktlarini fosh qilishgan edi. U yerda 30 dan ziyod biolaboratoriya tarmog‘i shakllantirilgan. AQSh ularni moliyalashtirish uchun 200 million dollardan ziyod mablag‘ sarflagan.
Keyin Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Liszan Amerika hukumatidan Ukrainadagi harbiy biolaboratoriyalar faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni ochiqlashni talab qildi.