TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Ushbu yilning 15-martidan boshlab, o‘zbek-tojik davlat chegarasida joylashgan nazorat-o‘tkazish punktlari odatiy ish tartibiga o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" va "Xovar" nashrlari.
Mart oyining 15 sanasidan boshlab buyon chegaradan o‘tish uchun COVID-19 infeksiyasiga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilsa kifoya. PZR test natijasi bo‘lishi talab etilmaydi.
"Bu qaror Tojikiston Respublikasida epidemiologik vaziyatni yumshatish hisobga olingan holda va mamlakatdagi iqtisodiy hududlarning to‘laqonli ishlashini ta’minlash, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida qabul qilindi", deb yozadi Tojikistonning "Xovar" nashri.
Shuningdek Tojikistonda ham jamoat joylarida tibbiy niqob taqish talabi ham bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, pandemiya boshlanganidan buyon O‘zbekiston Respublikasining barcha chegara nazorat punktlarida kuchaytirilgan sanitar-epdemiologik nazorat o‘rnatilgan edi. O‘zbekistonga kirib kelayotgan chet el fuqarolaridan amal qiluvchi PZR test tahlili yoki chegaraning o‘zida ekspress-test topshirish talabi mavjud edi.