Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainaga tinchlik rejimi e’lon qildi

Rossiya Kiyeva, Chernigov, Sum, Xarkov va Mariupol shaharlaridan gumanitar koridor ochishga tayyor.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Rossiya tomoni Ukrainaga 8-mart soat 10:00 dan boshlab "tinchlik rejimi" e’lon qildi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasining muassasalararo koordinatsion shtabi ma’lum qildi.
"2022 yil 8-mart soat 10:00 (moskva vaqti) dan boshlab Rossiya Federatsiyasi tinchlik rejimi e’lon qiladi. Kiyeva va uning atroflaridan Belarus hududi orqali Rossiya Federatsiyasiga tinch aholining chiqishini ta’minlaydi. Ushbu choralar Ukraina tomoni bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda", - deyilgan bayonotda.
Shuningdek, Chernigovdan, Sum shaharlaridan gumanitar koridorlar ikki yo‘nalishda ochiladi: Poltava va Rossiya hududiga. Xarkovdan Rossiya, Lvov, Ujgorod, Ivano-Frankovsk shaharlariga. Undan tashqari Mariupol shahridan Rossiya va Zaporojye tomonga ikkita gumanitar koridorlar ochiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qurolli kuchlari Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Vladimir Putinga iltimosiga binoan 7-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Ukrainada tinchlik rejimi e’lon qildi va gumanitar koridorlarni ochdi. Tinch aholi Kiyev, Mariupol, Xarkov va Sum shaharlarini tark etishi uchun 6ta yo‘lak ochildi.
Undan oldin Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hukumati bilan erishilgan kelishuvga asosan 5-mart kuni Mariupol va Volnovaxa shaharlarini tark etish uchun soat 10:00 dan boshlab tinchlik koridori tashkil qilgan edi. Lekin jangarilar aholiga shaharlarni erkin tark etishga ruxsat bermayapti, - deb xabar qildi Rossiya MV bir necha soatdan so‘ng.