TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ularni Rossiyaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi, deb yozmoqda Figaro nashri.
"Biz rus va belarus xalqlari bilan muloqootni davom ettirishimiz shart. Shuningdekdek ularning rahbarlari bilan ham va har doim Rossiyani davlat sifatida hurmat qilishimiz kerak", - deb Makronning so‘zlarini keltiradi nashr.
Fransiya yetakchisi xulosasiga ko‘ra, umumevropa xavfsizligi uchun Moskva bilan muloqotni davom ettirish kerak.
"Rossiya ishtirok etmasa, qit’amizda tinchlikning mustahkam poydevorini qurib bo‘lmaydi", - dedi Fransiya yetakchisi.
Ma’lumot uchun, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 8 fevarl kuni Moskvaga tashrif buyurib Vladmir Putin bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng Makron Putin bilan bir necha bor telefon suhbati o‘tkazdi. Xususan 7-mart kuni, Fransiya prezidentining iltimosiga binoan Rossiya Qurolli kuchlari Kiyev, Xarkov, Sumi shaharlarida 6ta tinchlik koridori tashkil qilib, vaqtincha tinchlik rejimi e’lon qilishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk respublikalari so‘roviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish to‘g‘risida farmonni imzolagan edi. 24-fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozolash bo‘yicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va o‘q-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yo‘q. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.