Yevropaning Rossiya neftidan voz kechishi nimalarga olib keladi – Novak javobi

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropada Rossiya nefti o‘rnini tezda almashtirishning imkoni yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Rossiyaning rekord narxdagi gazga oid pozitsiyasini tushuntirdi.
Asosiy fikrlar:
- Rossiyaning bugungi kunda Yevropada osmonga chiqib ketgan gaz narxiga aloqasi yo‘q. Narx oshishi Yevropa energosiyosatining muvaffaqiyatsizligiga bog‘liq;
- Rossiyadan neft eksportini taqiqlash taklifi haqida. Rossiya neftidan voz kechish dunyo bozori uchun halokatli bo‘ladi. Masalan, bu bir barreli uchun narx 300 dollargacha chiqib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin;
- Gap shundaki, Rossiya nefti o‘rnini tezda almashtirib bo‘lmaydi. Bunga bir yildan ortiq vaqt kerak. Bu uchun oddiy iste’molchilar to‘lashadi;
- Rossiya “Shimoliy oqiim-2”ga nisbatan taqiq tufayli “Shimoliy oqim-1” orqali gaz qazib olishni taqiqlash huquqiga ega, lekin buni qilmayapti;
- Qolaversa, “Gazprom” gaz, neft va neft mahsulotlarini Yevropaga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarishda davom etmoqda. Kompaniya shartnomaning Ukraina orqali tranzitini 100 foizga bajarmoqda;
- Ehtimoliy embargo haqidagi bayonotlar nomuayanlikni yuzaga keltiradi va iste’molchilar uchun ziyon;
- Rossiya Yevropaning Rossiya energiya resurslaridan voz kechishiga tayyor va yetkazib berishni qayerga yo‘naltirishni biladi;
- Rossiya harbiylarining Zaporojye AESga hujum qilgani haqidagi xabarlar yolg‘on va safsata;
- Rossiya Qurolli kuchlari ukrainalik mutaxassislar bilan AESda ishlashmoqda hamda MAGATE bilan doimiy aloqadalar;
- Rossiya Ukrainaning gaz-transport tizimiga qarshi ig‘vo hozirlanayotgani haqidagi ma’lumotga ega. Bu xavfli, Moskva bundan manfaatdor emas.